2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: 220 kV kuchlanishli «Jizzax» podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 19.06.2025
  • 33

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

⚡️ Misol uchun, «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Jizzax» podstansiyasi  taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan texnik xizmat va ta’mirlash jarayonlari aks ettirilgan.

Jumladan, mutaxassislar transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi hamda boshqa himoya tizimi va texnik-muhandislik meʼyoriy ko‘rsatkichlarini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling 

  t.me/JizzaxMET_Axborot