2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 19.06.2025
  • 61

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI: 

1️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Yakkabog‘, Qamashi tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;

2️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Chiroqchi, Ko‘kdala tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;

3️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Qarshi shahri, Qarshi tumani) muhandisi lavozimi, 3 nafar.

❗️Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimiga talablar: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak. 

Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandisi elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

♦ Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.                    

♦ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandisi quyidagilarni bilishi kerak:

▶️ Batafsil ma’lumotlar 

⚡️ Nomzodlar quyidagi elektron pochta yoki telefon raqami orqali Magistral elektr tarmoqlari filiallariga murojaat qilishlari mumkin:

Elektron pochta: qashqadaryo@uzbekistonmet.uz

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi, mo‘ljal 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasi.

Mo‘ljal: 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasi ro‘parasida

☎️ Telefon: +998 (75) 230-42-12.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️  «QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo’ling! 

⇒  t.me/QashqadaryoMET_Axborot