2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlarida texnik-muhandislik amaliyotlari bajarilmoqda
  • 20.06.2025
  • 31

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Xorazm viloyati hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-1-X-2 va L-S-X-1 elektr tarmoqlarida, xususan 6- va 7-sonli ustunlar oralig‘ida optik tolali aloqa tarmog‘i simlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu texnik-muhandislik tadbirlari aloqa sifatini yanada yaxshilash va tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tayanch ustunlarida bajarilayotgan ishlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda, mutaxassislar barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda mehnat qilishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

 t.me/XorazmMET_Axborot