Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Jumladan, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari ham nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Misol uchun, 220 kV kuchlanishli «Ishtixon» podstansiyasining 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasi va undan chiquvchi liniyalarda joriy taʼmir va sinov ishlari olib borildi. Bundan tashqari, 220 kV kuchlanishli «Kattaqo‘rg‘on» podstansiyasida AT-2 transformatorining kiritgichini yuvish ishlari, «Samarqand» podstansiyasida kontakt qizishlarning oldi olindi.
Bundan tashqari, mutaxassislar transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi hamda boshqa himoya tizimi va texnik-muhandislik meʼyoriy ko‘rsatkichlarini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.
⚡️Shu bilan birga, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda. Shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar ham bajarilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’lish uchun