Issiq ob-havo sharoiti tufayli elektr energiya isteʼmoli sezilarli oshgan va elektr qurilmalar o‘ta yuklama bilan ishlayotgan bir paytda, yuqori kuchlanishli podstansiya elektr qurilmalari hamda magistral elektr tarmoqlarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish samaradorligini oshirish maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari uchuvchisiz apparat (dron) qurilmasidan keng foydalanishmoqda.
⚡️Eslatib o‘tamiz, uchuvchisiz uchadigan qurilma (dron) — 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari o‘tgan murakkab relyefli hududlarini nazorat ko‘rikdan o‘tkazish, avariya holatlari yuz berganda qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini aniqlash va boshqa texnik-muhandislik hamda loyihalashtirish ishlarida foydalaniladi.
Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ–307-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022–2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar ro‘yxati”ning 261-bandida tanlov asosida tashabbuskor mablag‘lari hisobiga magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalardan (dron) foydalanish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
https://t.me/minenergy_uz/16792
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6679
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati