2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 220 kV kuchlanishli «Qorovulbozor» podstansiyasi hamda «Turon» o‘chirib-yoqish punktidagi elektr qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 23.06.2025
  • 18

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ko‘rigi jarayonlari aks ettirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi hamda boshqa himoya tizimi va texnik-muhandislik meʼyoriy ko‘rsatkichlarini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarilmoqda. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

  t.me/BuxoroMET_Axborot