#24_soatlik_tunu_kun_navbatchilik_asosida
#Energetiklar_xizmatda
✔️ Magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalarining tungi ta’mirlash-sozlash ishlaridan lavhalar
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 35 /6 kV kuchlanishli “Qibray” podstansiyasida 4OOO kVa quvvatli transformatorni, nuqson aniqlanganidan so‘ng, boshqa 4000 kVa quvvatli transformatorga almatishtirish tungi amaliyoti aks etgan.
Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Toshkent viloyatida joylashgan podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Eski uskuna hamda jihozlar yangi va zamonaviylariga almashtirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati