2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli «Qishloq» podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda
  • 26.06.2025
  • 48

Avval xabar berganimizdek “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansidagi 35–110–220 va 500 kVli podstansiyalar va elektr uzatish liniyalarida rejali ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Hozirda Urganch tumanidagi 35/10 kV kuchlanishli «Qishloq» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Ta’mirlash ishlari doirasida:

❇️  Podstansiyada mavjud bo‘lgan kuch transformatorlari diagnostikasi va texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda;

❇️  Yuqori kuchlanishli ajratgichlar, o‘lchov transformatorlari va boshqa elektr uskunalari tozalash va sozlash ishlari bajarilmoqda;

❇️  Avtomatika va rele himoyasi tizimlari sinovdan o‘tkazilib, zarur sozlash ishlari olib borilmoqda.

⚡️ Ushbu tashkiliy ishlardan ko‘zlangan maqsad bitta — hududda elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish va uzluksizligini ta’minlash.

Ma’lumot o‘rnida: Boshqa energetika obyektlaridagi ta’mirlash-sozlash ishlari ishlari belgilangan grafik asosida davom etmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo’ling!

t.me/XorazmMET_Axborot