2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli «Xoshman» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 27.06.2025
  • 34

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rejaga muvofiq nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash-sozlash jarayonlari aks ettirilgan.

Misol uchun, mutaxassislar Muzrabod tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «Xoshman» podstansiyasining T-1 transformator qurilmasidagi elektr uskunalari va releli himoya tizimiga oid jihozlarni joriy ta’mirlashmoqda.  Shuningdek, podstansiyadagi boshqa uskuna va jihozlarning texnik-muhandislik ko‘rsatkichlarini doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlar bajarilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ  filiali kanaliga obuna bo‘ling!

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot