2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
  • 27.06.2025
  • 42

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma’lumotlar:

⏺️  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati  tashkil etilgan;

⏺️  «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki, Utube, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.

⏺️  Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma’lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

 

 

⏺️ Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, kelib tushgan murojaatlarning barchasiga bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.

⏺️ Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Onlayn rezyume”  va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

⏺️ Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 12 ta rukn, 57 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografika maʼlumotnomasi mavjud.

 

 

uzbekistonmet.uz

⇒ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali generatsiya jarayonida hosil qilingan elektr energiyasi taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish, magistral elektr tarmoqlari obyektlarida taʼmirlash-sozlash, qurilish-montaj, loyihalashtirish ishlarini bajarishga oid axborotni yoritish; Aksiyadorlik jamiyati rahbarining intervyulari, xizmat safari va xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari, shuningdek, xaridlar  hamda tenderlar haqidagi eʼlonlar; Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, bo‘sh ish o‘rinlari, suhbat asosidagi tanlov orqali ishga qabul qilish jarayonlari, xizmat safari va mehmonlarni qabul qilish xarajatlari; Xizmat avtomototransport vositalari haqidagi maʼlumotlar; Tashqi qarz, moliya va buxgalteriya hamda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlariga oid maʼlumotlar hisobot jadvallari shaklidagi ilovalar orqali OAV vakillari hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati