“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limining 2024-yil uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha maʼlumot.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4611-sonli Qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriloqda.
Jumladan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Isakulov Dadajon Aynaqulovich olib borayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan “Ernst & Young” MCHJ kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2020–2023-yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.
2024-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda to‘liq joriy qilish hamda uni auditdan o‘tkazish bo‘yicha energetika tarmog‘idagi korxonalar miqyosida birinchilardan bo‘lib ijobiy auditorlik xulosasini oldi va yana bir yutuqqa erishdi.
“Ernst & Young” MCHJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni auditdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar 2024-yilning noyabr oyidan boshlab joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar bo‘lgan davrni qamrab oldi.
Shuni taʼkidlash joizki, MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ketma-ket beshinchi yil davomida qo‘lga kiritilgan ijobiy auditorlik xulosasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, xalqaro kredit reytingi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.
✍️ Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi
Eʼtiboringizga Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan mavzuga taalluqli maʼlumotnomalar havolasini taqdim etamiz:
01.07.2024 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5387
03.07.2023 — Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4127
02.07.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young‘dan ijobiy xulosa oldi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2510
21.02.2022 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida eʼlon qilingan hisobotlar yakunlanganini maʼlum qiladi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2000
08.02.2022 — 2021-yil sarhisobi. 13-sonli: «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi: Xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy auditorlik xulosasi” olindi»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1953
24.01.2022 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1858
30.12.2021 — Energetika vazirligi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
https://minenergy.uz/oz/news/view/1691
31.12.2021 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati