2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
  • 03.07.2025
  • 38

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbekiston MET" AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug'iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablariga binoan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magisrtal elektr tarmoqlari» filiali Liniyalar xizmati mutaxassislari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy ishlari aks etgan.

Misol uchun, Chirchiq havo liniyasi uchastkasi xodimlari tomonidan 110 kV kuchlanishli L-Turon -1 havo tarmog‘iga belgilangan meyordan oshiq yaqinlashgan daraxt shohlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot