2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1: Magistral elektr tarmoqlari filiallarining telegram kanallari ochilgani haqida axborot berildi
  • 04.07.2025
  • 14

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Jarayon» eshittirishida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining telegram kanallari ochilgani haqida axborot berildi.

⇒ Ma’lumot o‘rnida: Yuridik va jismoniy shaxslar bilan uzviy axborot almashinuvini takomillashtirish hamda ommaviy axborot va jamoatchilik bilan ishlash hajmi sezilarli darajada oshayotgani sababli, Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish uchun Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 14 ta magistral elektr tarmoqlarining telegram kanallari ishga tushirilganlanligi hamda ushbu kanallar orqali podstansiya va liniyalarda olib borilayotgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari haqida ma’lumotlar berilib borilishi xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Radioboshlovchi — jurnalist Dilorom Xudoyberdiyeva.

✍️ Dasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan.

Marhamat, radiomuloqot dasturi bilan tanishing!

 

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati