Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston MET" AJning 2025-yil 30-yanvardagi 14-sonli buyrug'iga asosan 2025-yil 1-fevraldan 1-oktabrgacha atrof-muhit va estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rik oyligi talablariga binoan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magisrtal elektr tarmoqlari» filiali Podstansiya xizmati mutaxassislari energetika obyektlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Misol uchun, Piskent hamda Oqqo‘rg‘on podstansiya xodimlari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorlar moylarni almashtirish va kontaktlarni tekshirish kabi ishlarni olib borishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot