✅Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi topshirig‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ning tegish bandlarga binoan 2025-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va soha faxriylarining professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, ilmiy-amaliy seminarlar va sport tadbirlari o’tkazib kelmoqda.
Yodingizda bo‘lsa, 2025-yil 27-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ katta majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvi bolib o’tgan va unda Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti talabalari ham taqdirlangan edi. Shuningdek, sport musobaqalarimizda ham oliy muassasa talabalari bevosita ishtirok etishadi.
Yaqinda "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan bir guruh faol yoshlar davlat mukofoti va medallari bilan taqdirlandi. Ulug‘vor yutuqlar qatorida universiteti tadqiqotchisi Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shavkatjon Xudoberdiyev erishgan yutuqlar:
⚡️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ jamoasi Toshkent davlat texnika universiteti tadqiqotchisi Sh.N.Xudoberdiyevning ilmiy faoliyatida ulkan zafar tilakfudi. Shavkatjon Nurmat o‘g‘li, kelgusi izlanishlaringizda doimo omad, sog‘lik, bardavom yutuqlar va porloq marralar sizga hamroh bo‘lsin!
▶️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati