2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent viloyatining ayrim is’temolchilari (27 MVt) tarmoqdan uzilgan bo‘lib, ularni ta’minlovchi liniyalarga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda
  • 24.07.2025
  • 19

⚡️ Avval xabar berganimizdek, elektr energiyasi iste’moli keskin oshgan davr oralig‘ida Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa, bu yuqori va past kuchlanishli tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan ortiqroq yuklamaga duch kelishi va tizimda reaktiv quvvatni meʼyorda ushlash bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur masalalar elektr energetika umumtizimini rivojlantirish, yangi tarmoq va podstansiyalar qurish bilan bevosita bog‘liqdir.

☄️ Misol uchun, Toshkent issiqlik elektr stansiyasini 220 kV kuchlanishli “Keles” (Toshkent shahri) hamda “Feruz” (Sirdaryo viloyati) podstansiyalari bilan bog‘lovchi magistral tarmoqlar yuklamasi —  reaktiv quvvat isteʼmolining yuqori surʼatlarda o‘sib borishi tufayli isteʼmolning yuqori chegaraviy qiymatidan ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda mazkur holat sababli ayrim is’temolchilar (27 MVt) tarmoqdan uzilgan bo‘lib, ularni ta’minlovchi liniyalarga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu holat tizim dispetcherlari tomonidan rostlanib, meʼyoriy ko‘rsatkichlar kelguniga qadar, aniqrog‘i tarmoqda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarning oldini olishi uchun lozim amaliyotlarni bajarish zaruriyati tufayli sodir bo‘layotganini yana bir bor ta’kidlab o’tamiz.

❗️Hurmatli isteʼmolchilar, tizim tashkilotlari tomonidan elektr taʼminoti barqarorligi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

☄️ Xususan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga yetkazib berish bo‘yicha 24/7 rejimida ish tashkil qilingan. Tarmoqdan uzilgan iste’molchilar tarmog‘iga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda. 

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati