1️⃣ Bo‘sh ish o‘rni: Hisobchi lavozimi (1 nafar).
❗️TALABLAR:
♦️ Ma’lumoti: Oliy ma’lumotli;
♦️ Ish tajribasi: Buxgalteriya sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi, hisobchi lavozimida ishlagan bo‘lishi;
♦️ Tillarni bilishi: Davlat tili va rus tillarni mukammal bilishi zarur (ingliz tilini bilish ustunlik beradi).
⇒ Qo‘shimcha talablar:
♦️ Sohaga taluqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyshlaridan xabardor bo‘lish;
♦️ Buxgalteriya hisobining Milliy standarti (BHMS);
♦️ Yangi schyotlar rejasi bo'yicha buxgalteriya provodkani bilishi;
♦️ Bank, moliya va soliq organlari bilan bevosita ishlash tajribalariga ega bo‘lish;
♦️ Ta’minotchilar, pudratchilar, buyurtmachilar, iste’molchilar, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritishni va tashkilotlar bilan o‘zaro taqqoslash dalolatnomalari tuzishni, moliyaviy faoliyat hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash, birlamchi hujjatlarni qabul qilish va nazoratini amalga oshirishni va boshqalar.
♦️ Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office, 1C ,E-Kontrakt, Didox dasturlarida ishlashn mukammal bilish lozim.
2️⃣ Bo‘sh ish o‘rni: Xodimlar bilan ishlash guruhi xodimi (1 nafar).
❗️TALABLAR:
♦️ Oliy ma'lumotli;
♦️ Xodimlar bilan ishlash guruhi tuzilishi, funksiya, vazifa va vakolatlarii;
♦️ Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni rasmiylashtirish tartibi;
♦️ Xodimlarning hisobini yuritish. Mehnat daftarchasi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi;
♦️Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office dasturlarida va YAMMT elektron platformalarida ishlashni mukammal bilish lozim;
♦️ Mehnat qonunchiligi, sohaga taalluqli me'yoriiy hujjjatlar bilan ishlash;
♦️ Kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lishi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️Nomzodlar ma’lumotlarini quyidagi elektron pochta orqali topshirish mumkin:
E-mail: jizzax@uzbekistonmet.uz
❇️ MANZIL: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sangzor mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasi 90-A uy.
☎️ Murojaat uchun: +998-72-224-56-43.
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling ⇒ t.me/JizzaxMET_Axborot