Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiya xizmati mutaxassislari energetika obyektlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Misol uchun, Toshkent viloyatida joylashgan obyektlar: Chirchiq shahri — 35/6 kuchlanishli "Chirchiq"podstansiyasida Markaziy suv xavzasi elektr qurilmalarda joriy tamirlash ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi; Oqqo‘rg‘on tumani — 110/35/10 kuchlanishli "Alimkent" podstansiya hududini begona o‘tlardan tozalash va elektr qurilmalardagi yozuvlarni yangilash ishlari olib borildi; O‘rtachirchiq tumani — "O'rta-chirchiq" podstansiyasi hududni tozalash ishlari olib borildi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot