2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: Texnik-muhandislik nazorati o‘rganishlarida aniqlangan kamchiliklari bartaraf etildi
  • 19.08.2025
  • 23

2025-yil 5-avgust kuni “Jizzax MET” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV “Dashtobod” podstansiyada xodimlarning ish jarayoni “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklari bartaraf etildi.

Podstansiyadagi TDTN-25000/110 rusumli T-2 kuch transformatori o‘rniga TDTN-40000/110 rusumdagi kuch transformatorini o‘rnatish hamda ta’mirlash ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan tashkil etilib, xodimlarga tegishli yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazildi.

⚠️ Javobgar shaxslarga, takroran kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

✅ Bajarilgan ishlar natijasida, 110/35/10 kV “Dashtobod” podstansiyasida TДTН-25000/110 rusumli T-2 kuch transformatori o‘rniga TДTН-40000/110 rusumdagi kuch transformatorini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazildi va qo‘shimcha 15,0 MVA zahira quvvati yaratildi. Podstansiyaning jami quvvati 65,0 MVAni tashkil etadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling ⇒  t.me/JizzaxMET_Axborot