"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan 220/110/10 kV kuchlanishli "Qizil-ravot" podstansiyasining 110 kV Zilolsuv-1 qurilmasi (yacheykasi) ajratgichida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
Yuqoridagi fotosuratlarda ta’mirlash jarayonlari aks ettirilgan.
⇒ Mukammal ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda amalga oshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling