“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan elektr energiyasini generatsiya (ishlab chiqarish) jarayonidan taqsimlovchi qurilmalarga yetkazib berish barqarorligini ta’minlash hamda elektr tarmogʻidagi nosozliklar va uzilishlarni oldini olish maqsadida 110 kV kuchlanishli "Haqulobod-2" havo tarmog‘idan shahobchalanuvchi "Qo‘g‘ay" havo tarmogʻida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Ta’mirlash ishlari davomida, mutaxassislar shikastlangan tarmoq elementlarini almashtirish amaliyotlarini bajarishdi.
Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling