2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda
  • 27.08.2025
  • 15

Avval xabar  berganizdek, "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Asaka tumani "Birdamlik" MFY da joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Asaka” podstansiyasidagi 2 ta 15 MVA quvvatli transformator o‘rniga 2 ta  40 MVA quvvatli transformatorlar oʻrnatilib, montaj ishlari tugatildi. Hozirda boshqaruv xonalari hamda yopiq taqsimlash qurilmalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/AndijonMET_Axborot