2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 /110 /35 /6 kV «Qarshi» podstansiyasining V-L- janubiy-2 35 kV qurilmasida modernizatsiya loyihasi bo'yicha yangi panelga ko‘chirish uchun vaqtinchalik zahira yachekasiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI"
https://t.me/QashqadaryoMET