2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli «Sinov» podstansiyada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi
  • 02.09.2025
  • 38

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Pskent tumanida joylashgan 35/10  kV kuchlanishli «Sinov» podstansiyasidagi elektr qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Nazorat ko‘rigi davomida aniqlangan T-1 transformatorda qizish alomatlarini bartaraf etish maqsadida transformatorning 35 kV elektr qurilmasida taʼmirlash ishlari olib borildi. 

✍️  Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan  shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati   

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot