2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.
⚙️ Barcha ta’mirlash ishlari “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi tasdiqlagan rejaga asosan hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda olib borildi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling