2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
  • 03.09.2025
  • 21

⚡️ «Samarqand magistarl elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Chelak” podstansiyasidagi V-Eshmoqsoq moyli o‘chirgichi taʼmirlanib, moy almashtirish ishlari bajarildi. Bundan tashqari, 110/35/10 kV kuchlanishli “Loish” podstansiyasida mavjud quvvati 16000 kVA bo‘lgan T-1 transformatorining “S” fazasiga qo‘shimcha moy quyish ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Mazkur taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari orqali isteʼmolchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari yanada kuchaymoqda.

✍️  Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni  bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati