O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida “HET” AJ Jizzax hududiy filiali balansidan “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali balansiga qabul qilingan 110/35/10 kVli “Do‘stlik” podstansiyasidagi kuch transformatorining yuklamalari me’yoridan oshganligi sababli yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borildi.
2 kun davomida podstansiyasida TDTN-16000/110 rusumli T-2 kuch transformatorini TDTN-25000/110 rusumli kuch transformatoriga almashtirildi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling ⇒ t.me/JizzaxMET_Axborot