2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
D.A.Isaqulov va yoshlar uchrashuvi yosh muhandislar uchun unutilmas «mahorat darsi» bo‘ldi
  • 12.09.2025
  • 30

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulovning navbatdagi “Rahbar va yoshlar” formatidagi uchrashuvi qashqadaryolik yosh muhandis kadrlar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga 20 dan ziyod turli yo‘nalishlarga doir savollar berildi, yosh muhandislar o‘zlarini qiziqtirgan mavsularga oid savollarga batafsil javoblar olishdi. 

⁉️  Misol uchun, mamlakatimizdagi elektr energetika tarmog‘ning generatsiya quvvatlari, magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarga oid modernizatsiya-rekonstruksiya loyihalari, qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash ishlari, taqsimlovchi tarmoqlardagi masalalar va ularning yechimlari, shuningdek, aktiv va reaktiv quvvat, dispetcherlik markazlarining faoliyati, fizika va mexanika faniga oid bilimlar, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘iga oid adabiyotlar, malaka oshirish kurslari, qayta tayyorlov markazlari, xorijiy tajriba va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, mavjud tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, shu bilan birga, uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid masalalar qizg‘in muhokama etildi. 

⚡️ Tadbir so‘ngida o‘zining mehnat va tahsil olish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. So‘ng tadbir ishtirokchilari bilan esdalik uchun fotosuratlar muhrlandi.

Eslatib o‘tamiz, Axborot hamkorimiz — Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati