“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida moliyalashtirilayotgan “Sarimoy” qayta ulash punktini 500 kV podstantsiyasiga o‘zgartirish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida tender tanlovi uchun takliflar qabul qilinmoqda. Barcha qiziqish bildirgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.
Quyida batafsil ma’lumotlar keltirilgan:
Loyiha nomi |
“Sarimoy” qayta ulash punktini |
YTTB loyihasining ro‘yxatga olingan raqami |
52874-son kredit shartnomasi |
Mamlakat |
O‘zbekiston |
Buyurtmachi |
“O‘zbekiston MET” AJ |
Elektron xaridlar portalining ro‘yxatga olish raqami |
39422558 |
Xarid turi |
Yetkazib berish va qurilish-montaj ishlari (tayyor holda topshirish sharti bilan) |
Xarid usuli |
Ikki bosqichli ochiq tender |
Sektor |
Energetika |
E’lon turi |
Ikki bosqichli tender savdolarida ishtirok etish taklifi |
E’lon nashr qilingan sana |
12/09/2025 12:45 London vaqti bilan 12/09/2025 16:45 Toshkent vaqti bilan |
E’lon qilingan sana |
12/09/2025 13:00 London vaqti bilan 12/09/2025 17:00 Toshkent vaqti bilan |
E’lon yopilish sanasi |
22/10/2025 11: 00 London vaqti bilan 22/10/2025 15: 00 Toshkent vaqti bilan |
1. Moliyalashtirish haqida ma’lumot
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mazkur loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) kredit mablag‘laridan iqtisod qilingan qismini ishlatishni rejalashtirmoqda.
2. Xarid faoliyati haqida ma’lumot
Tender savdolari Bankning xarid siyosati va qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda tashkilotlarning har qanday mamlakatdan ishtiroki ruxsat etiladi (agar tender hujjatlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa). Xarid faoliyatining to‘liq tavsifi hujjatlarda mavjud bo‘lib, Bankning elektron xaridlar portalida bepul taqdim etiladi.
Xarid hujjatlarida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
• texnik va moliyaviy talablarning batafsil tavsifi;
• loyiha haqida ma’lumot;
• kutilayotgan natijalar;
• ishtirok etish shartlari va malaka talablari;
• shartnomaning rejalashtirilgan davomiyligi.
Xarid jarayoni ETTB mijozlari uchun Elektron xaridlar portali (EBRD Client E-Procurement Portal, ECEPP) orqali amalga oshiriladi. Potensial ishtirokchilar quyidagi havola orqali xarid jarayoniga kirishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar tizimga kirib hujjatlar bilan tanishishlari mumkin, ro‘yxatdan o‘tmaganlar esa qisqa ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan so‘ng foydalanishlari mumkin:
3. Buyurtmachi bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar
Barcha murojaatlar Xabarlar markazi orqali yuboriladi
(EBRD Client E-Procurement Portal, ECEPP).
Aloqa uchun shaxs
Shuhrat Badalov
Tashkilot
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
Manzil
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100084, Osiyo ko‘chasi, 42-uy
Telefon
+998 99 856-56-92
Elektron pochta
piu.sarimayextension500@gmail.com
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati