Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulovning navbatdagi “Rahbar va yoshlar” formatidagi uchrashuvi samarqandlik yosh muhandis kadrlar ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga 20 dan ziyod turli yo‘nalishlarga doir savollar berildi, yosh muhandislar o‘zlarini qiziqtirgan mavsularga oid savollarga batafsil javoblar olishdi.
⁉️ Misol uchun, mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, elektr energetika tarmog‘ning generatsiya quvvatlari, magistarl elektr tarmoqlari va podstansiyalarga oid modernizatsiya-rekonstruksiya loyihalari, qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash ishlari, taqsimlovchi tarmoqlardagi masalalar va ularning yechimlari, shuningdek, aktiv va reaktiv quvvat, dispetcherlik markazlarining faoliyati, fizika va mexanika faniga oid bilimlar, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘iga oid adabiyotlar, malaka oshirish kurslari, qayta tayyorlov markazlari, xorijiy tajriba va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, xotin-qizlar masalalari, shu bilan birga, uchrashuvda qayta tilkanuvchi energiya manbalariga oid masalalar qizg‘in muhokama etildi.
⚡️ Tadbir so‘ngida o‘zining mehnat va tahsil olish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. So‘ng tadbir ishtirokchilari bilan esdalik uchun fotosuratlar muhrlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati