✍️ «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan 110/10 kV kuchlanishli “Qaraqash” podstansiyasida mavjud transformator quvvatini oshirish bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonda ilgari foydalanib kelingan 10 MVA quvvatli transformator o‘rniga 16 MVA quvvatli transformator o‘rnatilmoqda.
Mazkur amaliyot natijasida podstansiyaning yuklama ko‘tarish imkoniyati yanada kengayib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash darajasi oshadi.
Ta’kidlash joizki, modernizatsiya ishlari kechayu kunduz, tungi vaqtlarda ham uzluksiz olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, modernizatsiya jarayonida xavfsiz ish sharoitini yaratish maqsadida ushbu podstansiyadan ta’minlangan liniyalar vaqtincha tarmoqdan ajratilib, iste’molchilarga boshqa podstansiyadan chiquvchi liniyalar orqali ("halqalash" usulida) bosqichma-bosqich kuchlanish berilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI