2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 220 kV kuchlanishli «Turon» o‘chirib-yoqish punktida texnik-profilaktik ishlar olib borildi
  • 25.09.2025
  • 41

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan Aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda  “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Turon» o‘chirib-yoqish punkti mutaxassislari tomonidan 220 kVli V-L-Sahro-3 o‘chirgichining texnik-profilaktik ishlar olib borish jarayonlari aks  ettirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Turon» o‘chirib-yoqish punktidagi 220 kVli V-L-Sahro-3 o‘chirgichining  texnik-profilaktik ishlarni olib borilishi kelgusida avariyaviy o‘chishlarni oldini oladi hamda elektr qurilmaning ishonchli ishlashini ta’minlaydi. 

Shuningdek, qurilmaning sozligi 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling

  t.me/BuxoroMET_Axborot