2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BRIFING YIG‘ILISHI: Investitsiya loyihasi doirasida ishtirokchi kompaniyalar uchun tenderoldi (pre-proposal) maʼlumot almashinuv tadbiri o‘tkazildi
  • 26.09.2025
  • 28

Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 15:00da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamiyati binosida “Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish” investitsiya loyihasi doirasida ishtirokchi kompaniyalar uchun tenderoldi (pre-proposal) maʼlumot almashinuv — brifing yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu loyiha energetika tizimida dispetcherlikni zamonaviy texnologiyalar asosida raqamlashtirishni o‘z ichiga olib, tizim orqali barcha yuqori kuchlanishli energoobyektlardagi maʼlumotlar jamlanadi, tizim orqali boshqaruv hamda monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Malakaviy saralash bosiqichi natijalariga ko‘ra quyidagi kompaniyalar qisqa ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, mazkur kompaniya vakillari yig‘ilishga tashrif buyurishdi.

Kompaniya nomi

Mamlakat

1

AK-AY ELEKTRIK DIS TIC. KOLL. STI.

Turkiya

2

Kontrolmatik Teknoloji Enerji ve Muhendislik А.Ş.

Turkiya

3

LS ELECTRIC CO., LTD.

Janubiy Koreya

4

YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş.

Turkiya

5

NARI Technology Co., Ltd.

XXR

Mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi tender davomila ishtirokchilarda yuzaga kelgan savollarga javoblar taqdim etish orqali ishtirokchilarning tender takliflarini aniqlikda tayyorlashlari uchun imkoniyat yaratishdir. Uchrashuv davomida Aksiyadorlik jamiyatining tegishli mutaxassislari birgalikda «Milliy dispetcherlik markazi» DUK hamda Jahon banki texnik konsultantlari qatnashdi.

Bugungi kunda tender savdolari davom etayotgan bo‘lib, joriy yilning 10-oktabr kuni ishtirokchi takliflarining texnik qismi ochilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, loyiha milliy dispetcherlik markazi uchun 200 ga yaqin energetika obyektlarni integratsiya qilinadigan zamonaviy SCADA/EMS, WAMS, AGC dastruiy taʼminot vositalari, podstansiyalarda masofaviy terminal bloki (Remote Terminal Unit) va boshqaruv-monitoring tizimlari (Substation Control & Monitoring System) o‘z ichiga olib, joriy qilish 30 oy muddat davomida amalga oshiriladi.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati