2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“S&P Global Ratings” vakillarining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tashrifi haqida
  • 10.10.2025
  • 77

Bugun “O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJda Jamiyat boshqaruvi raisi o‘rinbosari Yuldashev Akbarxon Abbosovich boshchiligida xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings vakillari – Davydov Mixail Vasilevich va Gryaznov Aleksandr Aleksandrovichlar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek, asosiy kordinator va tahlilchi Brusinets Anna videoqo‘ng‘iroq orqali onlayn tarzda qatnashdi. Mazkur uchrashuv 2025-yil sentabr oyida imzolangan shartnoma doirasida tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyaning kredit reytingini qayta baholash jarayonining dastlabki bosqichini boshlab berdi.

Tashrif davomida S&P Global vakillari jamiyatning moliyaviy holati, investitsion faoliyati, likvidlik ko‘rsatkichlari, shuningdek, davlat energetika sektoridagi o‘rni va barqaror rivojlanish strategiyasi bilan batafsil tanishdilar. Uchrashuv ochiq savol-javob shaklida o‘tkazilib, tahlilchilar kompaniya rahbariyatidan dolzarb masalalar, kelajakdagi investitsion loyihalar, hamda CAPEX yondashuvlari bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.

Uchrashuvda, shuningdek, Finasia Capital LLC kompaniyasi vakillari ham ishtirok etib, Eurobond loyihasi doirasida jamiyat reytingini yanada mustahkamlash va investorlar ishonchini oshirish bo‘yicha amaliy choralar yuzasidan takliflar bilan chiqishdi.

Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, reyting baholash jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro moliya bozorlarida O‘zbekiston energetika tarmog‘ining ishonchli va barqaror imijini mustahkamlashga oid kelajakdagi rejalar va strategiyalarni muhokama qildilar.

Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatida xalqaro miqyosdagi ishonchni yanada oshirish, shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash sari muhim qadam bo‘ldi. 

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati