#xorij_xabarlari #yashil_energiya
Natriy – litiyga muqobil manba
Global akkumulyator ishlab chiqarish bozorida natriy-ion batareyalari tobora mustahkam o‘rinni egallab, litiy-ion texnologiyasiga jiddiy muqobil sifatida shakllanmoqda.
“Litiy 2025” forumining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda litiy-ion akkumulyatorlari ishlab chiqarish quvvati 2000 GVt·soatdan oshgan, natriy-ion batareyalari esa 123 GVt·soatga yetgan.
Natriy-ion batareyalari energiyani saqlash tizimlarida, elektroskuterlarda va uzluksiz quvvat manbalarida keng qo‘llanilmoqda.
♦ Ular litiy batareyalariga nisbatan 20 foiz arzon, ishlash davomliligi bo‘yicha esa qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlardan 50 foiz tejamliroq.
♦ −40 dan +60°C gacha bo‘lgan haroratda ishlay oladi, “termik qizib ketish” xavfiga duch kelmaydi va to‘liq zaryadda ham barqaror ishlaydi.
♦ 2030-yilga borib, ularning narxi 1 kVt·soat uchun 50–55 yevrogacha tushishi kutilmoqda, bu litiy-temir-fosfat batareyalaridan ham arzonroq bo‘ladi.
Ushbu texnologiyalar energiyani saqlash tizimlari va elektr tarmoqlari barqarorligini oshirishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.
⸻
“Shamol” va “quyosh” global elektr iste’molidagi o‘sishni qoplab berdi
“Ember” ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida shamol va quyosh elektr stansiyalarining ishlab chiqarish hajmi global elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘sishidan ham yuqori bo‘ldi.
☀️Quyosh energetikasi: +306 mlrd kVt·soat
• Shamol energetikasi: +97 mlrd kVt·soat
• Umumiy talab: +369 TVt·soat
Atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarish 33 mlrd kVt·soatga oshdi, gaz, ko‘mir va mazut yoqilg‘isida ishlovchi stansiyalarda esa ishlab chiqarish 27 TVt·soatga kamaydi.
Ushbu jarayonlar kelajak energetikasining yangi ko‘rinishini shakllantirmoqda — bu sohada barqarorlik, texnologik yangilanish va ekologik toza energiya manbalari asosiy ustuvor yo‘nalishlarga aylanmoqda.
O‘zbekiston uchun bu yo‘nalish ayniqsa dolzarb bo‘lib, quyosh, shamol va energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish mamlakatimiz energetika strategiyasining eng muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/17871
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati