

Toshkent, 2025-yil 28-oktabr
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida (O‘zMET) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida tomonlar 2026-yil uchun hamkorlik istiqbollarini, jumladan, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlar samaradorligini oshirish hamda elektr energetikasida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zMET rahbariyati OTB bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, energetika sohasining barqaror rivojlanishi yo‘lida hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati