

Bugun, 2025-yil 28-oktabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Boshqaruv raisi qabulida bo‘lgan fuqaro Sultonov Aziz Alisherovichning asosan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagi ortidan yozgan murojaati muhokama etildi, boshqa masalalarda tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.
⇒ Qabul davomida Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi, Axborot xizmati va murojaatlar bilan ishlashga masʼul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.
Murojaatchilarga bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan berilayotgan eʼlonlar, eʼlonlar tarkibida nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar (lavozim vazifa-majburiyatlariga muvofiq holda) nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish va Komissiya xulosasiga ko‘ra ishga qabul qilish jarayoni haqida tushuntirish berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati