2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqarolar murojaati yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 04.11.2025
  • 29

Bugun, 2025 yil 4 noyabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Boshqaruv raisi qabulida bo‘lgan fuqarolarning elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar sifatida o‘z xizmat va/yoki mahsulotini taklif etish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagi ortidan yozgan murojaatlari muhokama etildi, boshqa masalalarda tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.

Qabul davomida Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi, Elektr tarmoqlariga ulanish shoʻbasi, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi, Axborot xizmati va murojaatlar bilan ishlashga masʼul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.

Murojaatchilarga Elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar yuzasidan izoh berildi, xizmat yoki mahsulotlarni xarid qilish tartibi tushuntirildi, bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan berilayotgan eʼlonlar, eʼlonlar tarkibida nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar (lavozim vazifa-majburiyatlariga muvofiq holda) nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish va Komissiya xulosasiga ko‘ra ishga qabul qilish jarayoni haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati