2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
EʼLON!!!
  • 25.11.2025
  • 38

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi o‘rinlarda - OIIB) tomonidan moliyalashtirilishi va 2026-2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonning barqaror energiya uzatish loyihasi” uchun xaridlar bo‘yicha individual mutaxassisni (konsultant) ishga qabul qilish eʼlon qilinadi.

► Xaridlar bo‘yicha individual mutaxassis
⇒ Majburiyatlar:

• Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga muvofiq loyihani tayyorlash doirasida loyiha konsepsiyalari va Loyihani baholash hujjati (LBH) ishlab chiqilishi uchun konsultant kompaniyani aniqlash maqsadida OIIB tartib – tamoyillari asosida tender hujjatlarini ishlab chiqish va bank bilan kelishish;

• Tender savdolari doirasida “Long list” hamda “Short list” hujjatlarini tayyorlash;

• Kelib tushgan takliflarni texnik hamda iqtisodiy jihatdan baholash va yakuniy baholash hisobotlarini tayyorlash;

• Shartnoma oldi uchrashuvlar tashkil etish va shartnomaviy ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashish.

Barcha jarayonlar yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJga hisobotlar tayyorlash.

► Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:

• Nomzod Biznesni tashkil etish, Qurilish muhandisligi, Iqtisodiyot ta’minot zanjir boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi;

• OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan o‘xshash loyihalar bo‘yicha vazifalar va ishlarni bajarishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lishi (eng kamida 3 yil);

• OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari xaridlar qoidalari va yo‘nalishlari yuzasidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

• Texnik shart va tender hujjatlarini ishlab chiqilishi yuzasidan bilim va tajribaga ega bo‘lishi;

• Loyihaga doir ishlarni to‘g‘ri tashkil etish qobiliyatga ega bo‘lishi.

► Qo‘shimcha talablar:

• Kompyuter dasturlari bilan ishlash bo‘yicha savodxonlikka ega bo‘lishi: Internet, Elektron pochtalar, Windows Word, Excel, Acrobat, Power point.

• Rus va ingliz tillarini mukammal bilishi.

► Ish sharoitlari:

• Nomzod to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ysunadi;

• Ish haqi OIIB grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan takliflarni qabul qilish muddati - 14 kalendar kuni

Telefon: +998 90 392-36-66 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati