
► Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni davom ettiramiz. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.
Marhamat, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi U.P.Urunov mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston–2030» Strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” davlat dasturi asosida
2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari hisoboti bilan tanishing:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati (keying o‘rinlarda – Aksiyadorlik jamiyati) Axborot xizmati tomonidan tasdiqlangan media-rejalar asosida, 2025-yil davomida, Aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarsmoqdagi sahifalari orqali mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni hamda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga oid xabar va yangiliklar — yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda olib borilgan ta’mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari hamda investitisiya loyihalarini amalga oshirilish bosqichlari, innovatsion texnologiya va yangi ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish haqida axborot berish va keng jamoatchilik e’tiboriga yoritish; Aksiyadorlik jamiyatining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, jamoatchilik fikrini o‘rganish; Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (2025-yil 3-chorakdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga) bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar orqali Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli bo‘lgan tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash; Axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish; Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish kabi ishlar amalga oshirildi.
Natijalar raqam ko‘rsatkichlarida
Axborot xizmatining bosh vazifasi — Aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarsmoqdagi sahifalari orqali yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda olib borilgan ta’mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari hamda investitisiya loyihalarini amalga oshirilish bosqichlari, innovatsion texnologiya va yangi ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish haqida axborot berish ishlari muntazam ravishda olib borildi.
Misol uchun, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy:
1) uzbekistonmet.uz veb-saytida e’lon qilingan xabar va yangiliklar, ma’lumotnoma va hisoborlar (repostlar bilan birga) – 1976 ni tashkil etdi;
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5968
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7944
2) Telegram messenjeridagi rasmiy kanalda e’lon qilingan xabar va yangiliklar, ma’lumotnoma va hisoborlar (repostlar bilan birga) – 14 993 tani tashkil etdi;
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/47874
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/32881
3) Telegram messenjeridagi o‘quv-axborot kanalda e’lon qilingan videodarslar – 39 tani tashkil etdi;
Shuningdek, 4) Facebook’dagi postlar – 9 171 ta; 5) Instagram’dagi postlar – 8 747 ta; 6) X (Twitter)’dagi postlar – 3 103 ta; 7) Odnoklassniki’dagi postlar – 904 ta; 8) Youtube’dagi videolavhalar – 917 tani tashkil etdi.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan 2025-yil davomida o‘tkazilgan matbuot tadbirlari soni quyidagi raqamlarni tashkil etdi:
· Brifinglar – 5 ta;
· Matbuot anjumanlari – 3 ta;
· Press-turlar – 7 ta;
· Eʼlon qilingan materiallar – 1220 ta;
· Video - 80 ta va fotoxabarlar – 1054 ta;
· Xabarlar (postlar) – 470 ta;
· OAVda chiqishlar – 105 ta;
· Seminarlar -– 8 ta;
· Sayyor qabullar – 9 ta.
Muntazam ravishda amalga oshiril kelayotgan ishlar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining Ishchi guruhi, Monitoring markazi hamda Energetika vazirligi Axborot xizmatida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ maʼlumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Odnoklassniki, Youtube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.
Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga yoritib borilmoqda.
Bundan tashqari, elektr taʼminotidagi nosozliklar, taʼminotdagi uzilishlar, isteʼmolchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta eʼlon qilinmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining “Yangiliklar” ruknidagi maqola, eʼlon va maʼlumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.
Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli maʼlumotlar tez-tez qayta eʼlon (repost) qilib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli rukn tashkil etilgan. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli rukn orqali yoshlar siyosatiga oid maʼlumotlar berib borilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma’lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.
Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-60-35 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya’ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6226 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yildan Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqamining ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirilgan.
Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 11 ta rukn, 71 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.
Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma’lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.
Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2025-yil 2-sentabrdagi buyrig‘iga binoan 14 ta magistral elektr tarmoqlari filiallarida 14 nafar muhandislarga “matbuot kotibi yordamchisi” maqomi berilib, Axborot xizmati faoliyatiga ko‘makchi sifatida biriktirilgan.
U.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati