
Barcha davlat idora va tashkilotlarida, shu jumladan energetika tizimi tashkilotlarida ham OAV hamda jamoatchilik bilan aloqalarda ochiqlik prinsipiga amal qilishi hamda axborot xavfsizligi yo‘nalishida yetarli bilim-malakaga ega bo‘lishi muhim sanaladi.
Shu jumladan energetika sohasi vakillari, xususan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarida ham OAV hamda jamoatchilik vakillari bilan turli tadbir va yig‘ilishlarda axborot almanishuvi bo‘lishi amaliyotda kuzatilayotgan holat. Bugungi kundagi ochiqlik siyosati talablari har bir boshqarma, bo‘lim, xizmat, ofis va filial rahbarlari uchun o‘z o‘rnida axborot taqdim etishni taqozo qiladi.
Misol uchun, “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan 2019-yilda tashkil etilgan va hanuz davom ettirilayotgan “YIL SARHISOBI” rukni orqali eʼlon qilib borilayotgan hisobot-maʼlumotnomalarida Aksiyadorlik jamiyatining faoliyati, uning erishgan yutuqlar va mavjud kamchiliklariga doir axborot bilan tanishib borish mumkin. Hisobot maʼlumotnomalar tarkibida istiqboldagi rejalar ham tilga olinadi.
OCHIQLIK BO‘YICHA MUHIM 6 QOIDA (manba)
Ochiqlik, shaffoflik – bu turli qing‘ir yo‘llar bilan maqsadga erishishga barham berish, qora sxemalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarish deganidir.
Shaffof tizimda korrupsiyaga o‘rin bo‘lmaydi. O‘xshatma tarzida aytadigan bo‘lsak, korrupsiya – qorong‘ulikda yashaydigan qon so‘rovchi mavjudot kabidir, shaffoflik, yaʼni yorug‘likda u o‘ladi. Jamoatchilik esa ochiqlikning eng kuchli nazoratchisi hisoblanadi.
Xo‘sh, jamoatchilik nimalarni talab qilishi mumkin?
1. Fuqarolar davlat organi faoliyatiga oid maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega
Fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik faollari va boshqalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishi mumkin, davlat organlari va tashkilotlari esa ularning mazkur huquqlarini taʼminlashi kerak.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot hisoblanadigan maʼlumotlarning ro‘yxati Qonun bilan aniq belgilangan. Ularning orasida ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlari, loyihalar, bo‘sh ish o‘rinlari, ochiq hayʼat majlislari rejalari va hokazolar mavjud.
2. Davlat organlari OAV so‘roviga 7 kunda javob berishi kerak
Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid maʼlumotlarni bir qancha usullar bilan keng jamoatchilikka yetkazadi: axborotni eʼlon qilish, veb-saytga joylash, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish, so‘rovlarga javob berish va h.z.
Fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik faollari va boshqalar o‘zlariga kerakli maʼlumotlarni davlat organiga so‘rov yuborish orqali olishi mumkin.
Bu so‘rov og‘zaki, yozma yoki elektron bo‘lishi mumkin. Mazkur so‘rov 15 kunda ko‘rib chiqiladi, OAVning so‘rovi esa 7 kunda ko‘rib chiqiladi.
3. Mansabdorlarning xizmat safarlariga oid maʼlumotlar ochiqlanishi kerak
Qonunchilikda yuqoridagilarga ko‘shimcha tarzda barcha davlat organlari, shu jumladan Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar (davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan ochiqlanadigan maʼlumotlarning aniq ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur ro‘xatga 40 turdagi maʼlumotlar kiritilgan bo‘lib (to‘liq ro‘yxat bu yerda), ularning orasida davlat xaridlaridan tortib mansabdorlarning xizmat safarigacha bo‘lgan axborotlar mavjud.
Ro‘yxatda maʼlumotlarni joylash manzili va masʼullar batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Asosiy manzillar Ochiq maʼlumotlar portali hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlari hisoblanadi.
4. Yil yakunlari bo‘yicha hisobot berish tashabbus emas, talab
Barcha davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-martgacha o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 10-martgacha uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi kerak.
1-aprelgacha esa hisobotni KENG JAMOATCHILIK ISHTIROKIDA muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazishi shart.
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi xizmatlar ochiqlikni taʼminlashga masʼul
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarni muntazam ravishda buzayotgan aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
6. Ochiqlikni taʼminlamagan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2157-moddasida ochiqlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Unga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
2025-YIL YAKUNLARI SARHISOBI
Xulosa qilib aytganda, davlat idora va boshqaruv organlari o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi majbur. Bu majburiyat va masʼuliyat bir necha qonun hujjatlarida qay tartibda amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Misol uchun, “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili qaysi sanaga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanagacha uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan.
Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan «YIL SARHISOBI» rukni ostidagi hisobot-maʼlumotnomalar yakunlanganini maʼlum qiladi.
Marhamat, «2025-yil SARHISOBI» rukni orqali eʼlon qilingan hisobotlar bilan tanishing:
✅ 2025-yil SARHISOBI: AXBOROT XIZMATI HISOBOTI — 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar qisqa satrlarda (1-sonli) / ✍️ Ulug‘bek Urunov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7966
✅ 2025-yil SARHISOBI: Korporativ boshqaruv prinsiplari asosida boshqarishga oid amaliyotlar hisobot-maʼlumotnomasi (2-sonli) / ✍️ Yodgor Mannapov, Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8003
✅ 2025-yil SARHISOBI: Axborot xizmati tomonidan qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar) /3-sonli/ ✍️ Ulug‘bek Urunov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8012
✅ 2025-yil SARHISOBI: Yuqori tashkilotlardan va turli idora-korxonalardan kelib tushgan 2278 ta hamda turli tashkilotlardan yuborilgan 16040 ta hujjatlar o‘z vaqtida rahbar va ijrochi xodimlarga yetkazilishi taʼminlandi (4-sonli) ✍️ Maysara Mirzaraimova, Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8025
✅ 2025-yil SARHISOBI: 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamli strategiya dasturi, korxonaning maqsadli IT-arxitekturasi va IT loyihalar portfeli ishlab chiqildi (5-sonli) ✍️ Bahrom Mavlonov, Transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8027
✅ 2025-yil SARHISOBI: Nazorat va monitoring qilish hamda masofadan turib boshqarish maqsadida 1065 dona aqlli videokuzatuv qurilmalari o‘rnatildi (6-sonli) ✍️ Adizbek Shodiyev, Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8030
✅ 2025-yil SARHISOBI: Elektr qurilmalari barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi to‘liq bajarildi (7-sonli) ✍️ Shamsiddin Kulibayev, Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8071
✅ 2025-yil SARHISOBI: Ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoki davolanishi ehtiyoji yuzaga kelgan 490 ga yaqin xodimlarga kasaba uyushmasidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi (8-sonli) ✍️ Nodira Xidirova, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8093
✅ 2025-yil SARHISOBI: Magistral elektr tarmoqlarda olib borilgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlari muvofiqlashtirilib borildi (9-sonli) ✍️ Zafar Usmonov, Kapital qurilishboshqarmasi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8120
✅ 2025-yil SARHISOBI: Yagona elektr energetika tizimiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda (10-sonli) ✍️ Boburjon Murodov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i https://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8130
✅ 2025-yil SARHISOBI: Aksiyadorlik jamiyatida transformatsiyani amalga oshirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha bajarilgan ishlar (11-sonli) ✍️ Farrux Yunusxo‘jaev, Strategik rivojlantirish, transformatsiya va raqamlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8207
✅ 2025-yil SARHISOBI: Filialda tasdiqlangan rejaga asosan joriy va mukammal taʼmirlash ishlari to‘liq bajarildi (12-sonli) ✍️ Sherzod Kamilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8214
✅ 2025-yil SARHISOBI: 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida yuklama bilan ishlagan 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarda keng ko‘lamli ishlar bajarildi (13-sonli) ✍️ Baxtiyorjon Obidov, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8227
✅ 2025-yil SARHISOBI: Aksiyadorlik jamiyati moliyaviy faoliyati to‘g‘risida har oylik maʼlumot hamda iqtisodiy tahlillar taqdim etib borildi (14-sonli) ✍️ Parda Xidirov, Iqtisodiyot va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8247
✅ 2025 yil SARHISOBI: «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filialida rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi (15-sonli) ✍️ Ruslan Radjapov, «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8274
✅ 2025-YIL SARHISOBI: Qo‘shimcha ravishda 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarga 13 nafar xizmat ko‘rsatuvchi xodim va elektr montyorlari ishga qabul qilindi (16-sonli) ✍️ Ravshan Ibragimov, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8285
✅ 2025-YIL SARHISOBI: Modernizatsiya dasturi va yangi qurilish doirasida 6 ta podstansiyada jami 1 117 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi (17-sonli) ✍️ Abdumalik Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8297
Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi