2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Loyihalar
Toshkent viloyatida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘i qurilmoqda
  • 30.03.2026
  • 32

“Toshkent viloyatida Toshkent isssiqlik elektr stansiyasi va “Keles” podstansiyasi oralig‘ida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ini qurish” loyihasi to‘g‘risida qisqacha maʼlumot.

Loyihani amalga oshirishga huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentyabrdagi PF-139-sonli farmoyishi. Shuningdek, Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi elektr tarmoqlari tizimini modernizatsiya qilish, yangi obyektlarni qurish orqali aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida.

Loyiha quvvati: 30 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i.

Loyiha joylashgan hudud:  Toshkent viloyati, Toshkent tumani.

Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari: soha mablag‘lari hisobidan.

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2024-2026-yillar davomida.

Loyiha bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar:  “Toshkent” IESdan “Keles” podstansiyasigacha 30 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishdagi to‘rtinchi elektr uzatish tarmog‘ini qurish.

Amalga oshirilgan ishlar: “Maxsuselektrtarmoqqurilish” aksiyadorlik jamiyatim tomonidan 84 ta piketdan 83 piketda fundament va 82 piketda tayanch o‘rnatildi va 22,59 km sim tortildi; Toshkent halqa yo‘lidan o‘tgan qismining yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi va 23 ta tayanch o‘rnatildi; “Toshkent” IES dagi 220 kV OTQda ajratgichlar, elegaz o‘chirgich o‘rnatildi.

Kapital qurilish boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati