2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Loyihalar
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiya qurilmoqda
  • 07.04.2026
  • 6

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining “Mergancha” hamda “Sariqtepa” mavzelarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘i hamda yangi 220/110/10 kVli podstansiya qurish” loyihasi to‘g‘risida maʼlumot.

Loyihani amalga oshirishga asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli farmoyishi.

Loyiha quvvati:  Loyiha doirasida — 1.2 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va 2 ta 125 MVA quvvatga ega avtotransformatorli podstansiya qurish.

Loyiha joylashgan hudud: Samarqand viloyati, Urgut tumani.

Loyihaning umumiy qiymat: Soha mablag‘lari hisobidan.

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2021–2026-yillar.

Amalga oshirilgan ishlar: Loyiha instituti – “O‘zenergoinjiniring” AJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, loyiha hujjatlari davlat ekspertiza xulosasi olindi. AT-1 va AT-2 avtotransformatorlari o‘rnatildi.

Energetika obyektining tezkor boshqaruv binosiga g‘isht terilib, plitalar o‘rnatildi va  metallkonstruksiya montaj qilindi hamda tom qismi to‘liq yopildi. Ichki devorlarni qumsuvoq qilish ishlari yakunlandi. Eshik va romlarni o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazilgan.

220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida 4 jamlanma elegaz o‘chirgich, 12 ta tok transformatori, 16 dona ajratgich fundamenti uchun beton supa qo‘yildi. 4 jamlanma kuchlanish transformatorining 2 tasi uchun fundamentlar quyilgan. 192 dona kabel kanallaridan 180 donasi o‘rnatilgan.

110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida AT-1 va AT-2 transformatorining 110 kV qurilmasi sim tortilib montaj qilindi, qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Kabel kanallari uchun transheya qazilib, kabel lotoklarining metall qoliplari o‘rnatilmoqda. 9 dona projektor machtasi o‘rnatildi.

Shuningdek, 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘i uchun olib kelingan 4 dona tayanch o‘rnatildi va kirish havo tarmog‘i simlari tortildi.

Kapital qurilish boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati