2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Jamoatchilik kengashining ochiqlikni taʼminlashi
Jamoatchilik kengashining ochiqlikni taʼminlashi
  • 23.04.2026
  • 15

Kengashning ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirgan chora-tadbirlar (ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni taʼminlash, davlat dasturlari hamda boshqa hujjatlar bo‘yicha berilgan vazifalarning ijrosiga oid hisobotlarni eshitish, xorijiy mamlakatlardagi analogik organlar tajribasi o‘rganilib, ichki hujjatlar va faoliyatni takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish) haqidagi axborot rasmiy-veb sayt sahifalari hamda uning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etilmoqda. 

Aksiyadorlik jamiyatining hisobot yig‘ilishlari, matbuot anjumanlari va brifinglarda Jamoatchilik kengashining ishtiroki, ochiqlik va shaffoflik siyosatiga oid maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (Komplayns) xizmati tomonidan bayonlashtirilib, Axborot xizmati tomonidan rasmiy veb-sayt sahifalariga yuklanib borilmoqda. 

Ushbu faoliyat Aksiyadorlik jamiyatining Jamoatchilik kengashi Nizomi bilan tartibga solingan. Quyidagi ilovada (Nizomda) batafsil maʼlumotlar taqdim etilgan. 

2-sonli Ilova (pdf) 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat