2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 26.05.2026
  • 62

BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Xalqaro hamkorlik sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimi.

❗️TALABLAR:

✔️ Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, moliya, energetika, huquq yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha). Magistr darajasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

✔️Xorijiy kompaniyalar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi, shuningdek davlat organlari, yirik kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlarda ish tajribasi afzal hisoblanadi. Investitsiya va infratuzilma loyihalari bilan ishlash, loyiha hujjatlarini tayyorlash, tahlil qilish va monitoring olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

✔️ Xalqaro shartnomalar, anglashuv memorandumlari (MoU), bitim va kelishuvlar loyihalarini tayyorlash hamda kelishish, rasmiy yozishmalar, taqdimot va hisobotlar tayyorlash, xalqaro muzokaralar va uchrashuvlarda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

✔️ Ingliz tilini yozma va og‘zaki ravishda mukammal, rus tilini ishchi darajada bilishi talab etiladi. Xitoy tilini bilishi qo‘shimcha ustunlik beradi.

✔️ MS Word, Excel va PowerPoint dasturlarida yuqori darajada ishlay olishi, elektron hujjat aylanishi tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Ma’lumotlar bazalari va reyestrlar bilan ishlash tajribasi ustunlik hisoblanadi.

✔️ Tahliliy fikrlash, tizimli yondashuv, mas’uliyatlilik, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, kuchli kommunikatsiya va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, stressga chidamli va vaqtni samarali boshqara olishi hamda xalqaro protokol va ishbilarmonlik etikasi qoidalarini bilishi lozim.

Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.
Onlayn rezyume

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar. 

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati