2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashiga hisobdor Ichki audit xizmati boshlig‘iga TALABNOMA
  • 24.06.2026
  • 17

1.

Bo‘sh lavozim nomi

Ichki audit xizmati rahbari

2.

Hisobdor

Kuzatuv kengashiga

3.

Bevosita rahbari

Kuzatuv kengashi raisi

4.

Nazoratidagi bo‘linma(xizmat)lar

Ichki audit xizmati auditorlari

4.

Vazifalari va funksional majburiyatlari

Ichki audit natijalari bo‘yicha Jamiyat Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va Jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ichki audit davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni Jamiyat Boshqaruviga tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; barcha aksiyadorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

Jamiyatning buxgalteriya hisobi tizimining ishonchliligi, to‘liqligi, xolisligi va moliyaviy hisobotining ishonchliligini baholash.

Jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha) o‘tkazish:

• tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishi;

• korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilish;

• buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holati;

• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi;

• moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka rioya qilish;

• aktivlar holati;

jamiyat tomonidan tuziladigan xo‘jalik shartnomalarini ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish;

buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishda Jamiyatga uslubiy yordam ko‘rsatish, moliya, soliq, bank va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahat berish;

Jamiyat Kuzatuv kengashi va Boshqaruviga texnik vazifalarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik va baholovchi tashkilotlarning takliflarini baholashda, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalar tayyorlashda ko‘maklashish;

Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini monitoring qilish;

mo‘ljallanayotgan yirik bitim, Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan bitim yoki Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilgan yirik bitim bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganish va berish;

Jamiyatning ichki nazorat tizimi va Jamiyatning kompaniyalar guruhi faoliyati muvofiqligi va samaradorligini baholashni amalga oshirish;

Jamiyatda va Jamiyatning kompaniyalar guruhida xatarlarni boshqarish tizimining samaradorligini baholash;

Jamiyatda va Jamiyatning kompaniyalar guruhida qabul qilingan korporativ boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi va ularga rioya etilishini baholash.

NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

1.

Ma’lumoti

Oliy, MBA darajasiga ega bo‘lish maqsadga muvofiq

2.

Mutaxassisligi

Iqtisodiyot/Moliya/Biznes

3.

Ish tajribasi

Ichki audit xizmati rahbari:

Moliya, Davlat moliyaviy nazoratida, Buxgalteriya hamda energetika sohalarida, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘lik bir yoki bir nechta bo‘limlarda yoki ichki va tashqi auditor lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

Ichki auditorlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarini va ichki auditning xalqaro professional standartlarini bilishi;

O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini, shu jumladan auditorlik faoliyati, buxgalteriya hisobi, soliq solish masalalarini bilishi lozim.

“Katta to‘rtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.

4.

Maxsus ko‘nikmalar

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;

Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega bo‘lish;

Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

Komplaens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilish;

 

5.

Xorjiy tillarni bilish bo‘yicha

Ingliz va rus tillari (kamida S1 darajasida);

6.

Kompyuter savodxonligi

Ishonchli foydalanuvchi (1C, SAP (Ariba, S/4 HANA), MS office va boshqalar.);

 HAMKORLIK SHARTLARI

1.

Bandlik shakli (shtatlari birligida)

Jamiyat joylashgan mazildagi ofisda, to‘liq ish kuni

2.

Sinov muddati

3 oy

3.

Xizmat safarlariga

Aksiyador va kuzatuv kengashining talabiga ko‘ra amalga oshiriladi.

QO‘SHIMCHA TALABLAR

1.

Sertifikatlarning mavjudligi

 

Quyidagi xalqaro auditorlik sertifikatiga ega bo‘lish yoki O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining amaldagi auditorlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim:

  • CIA (Certified Internal Auditor) sertifikati;
  • ACCA (Association of Certified Chartered Accountants) sertifikati;
  • CFA (Chartered Financial Analyst) sertifikati;
  • CIPA (Certified International Professional Accountant) sertifikati;
  • CPA (Certified Public Accountant) sertifikati; 
  • DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) diplomi;
  • CFE (Certified Fraud Examiner) sertifikati;
  • CISA (Certified Information Systems Auditor) sertifikati;
  • FRM (Financial Risk Management) sertifikati;

2.

Shaxsiy fazilatlari

 

➤ tahliliy fikrlashning yuqori darajasi;

✓ Natijaga yo‘nalganlik;

➤ Fikrlashning yuqori tizimliligi va moslashuvchanligi, ishning izchilligi;

✓ Yuqori ish qobiliyati va natijaga bo‘lgan motivatsiya;

✓ Jamoa bilan ishlash qobiliyati;

➤ Ko‘p vazifali rejimda ishlash;

3.

Sohalar

Moliya, Davlat moliyaviy nazorati, Buxgalteriya soxalarya Energetika, Neft va gaz; Yengil/og‘ir sanoat;

4.

Qaysi nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydiganм

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati