

Bugun, 2026-yil 9-sentabr kuni soat 15:00 dan 18:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Elektr energiyasi oqimlarini tahlil qilish va hisobotini yutirish boshqarmasi yetakchi muhandis energomenedjeri lavozimi;
2️⃣ Osiyo taraqqiyot banki loyihasini amalga oshirish guruhi moliyachisi lavozimi.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati