

ENERGETIKA VAZIRLIGI: “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida ish xavfni aniqlash bilan cheklanmaydi. Aniqlangan har bir kamchilik bo‘yicha uni bartaraf etish choralari belgilanadi.
Maqsad — elektr xavfsizligini taʼminlash, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish.
—
Avval xabar berganimizdek. «O‘zbekiston MET» AJda 2026-yil 1-oktabrdan 31-oktabrga qadar Respublikamiz hududida «Elektr xavfsizligi oyligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Oylik davomida elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, elektr tarmoqlari va qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.
Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!
Yaqinlaringiz, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlang.
Elektr tarmoqlari muhofaza zonasida taqiqlangan ishlarni amalga oshirmang.
Elektr xavfsizligi — har birimizning umumiy mas’uliyatimiz!
✍️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati