
BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Jahon banki loyihalarni amalga oshirish guruhi loyiha menedjeri (ERP yoʻnalishi) lavozimi.
❗️ TALABLAR: Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, iqtisodiyot, moliya, energetika, biznes-boshqaruv yoki tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumot (kamida bakalavr darajasi).
Ish tajribasi:
• ERP tizimlarini joriy qilish va raqamlashtirish loyihalarida ish tajribasi;
• Korxonada biznes-jarayonlarni tahlil qilish, optimallashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba;
• SAP ERP/SAP S/4HANA yoki boshqa ERP tizimlari bilan ishlash tajribasi;
• Moliya, buxgalteriya, xaridlar, ombor, logistika, kadrlar va aktivlarni boshqarish kabi biznes-modullar bilan ishlash tajribasi;
• ERP tizimini ishlab chiqish, sozlash, integratsiya qilish, testdan o‘tkazish va foydalanishga joriy etish jarayonlarini muvofiqlashtirish tajribasi;
• Buyurtmachi, IT-komanda, ERP integratorlari, konsultantlar va foydalanuvchilar bilan ishlash tajribasi;
• Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi yoki yirik investitsiya loyihalarida ish tajribasi ustunlik beradi.
Til bilimi:
• O‘zbek tilida erkin muloqot;
• Rus va ingliz tillarini yaxshi bilish;
• Qo‘shimcha tillarni bilish ustunlik beradi.
Tajriba: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi ega bo‘lishi.
⇒ Kasbiy ko‘nikmalar:
• ERP tizimlari va korxona resurslarini boshqarish tamoyillari bo‘yicha bilim;
• ERP tizimini joriy qilish loyihalarini rejalashtirish va boshqarish;
• Loyihaning muddati, budjeti, resurslari va risklarini boshqarish;
• Biznes-jarayonlarni tahlil qilish va ERP tizimiga moslashtirish;
• SAP ERP / SAP S/4HANA modullari va ularning o‘zaro integratsiyasi bo‘yicha bilim;
• ERP tizimini boshqa korporativ axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
• Pudratchi, integrator va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• Texnik topshiriq, funksional talablar, spesifikatsiya, test ssenariylari va boshqa loyiha hujjatlarini nazorat qilish;
• Ma’lumotlarni migratsiya qilish, tizimni testdan o‘tkazish va foydalanuvchilarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etish;
• ERP tizimini ishga tushirish (Go-Live) va keyingi qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini boshqarish;
• Axborot xavfsizligi, ma’lumotlar yaxlitligi va foydalanish huquqlarini boshqarish tamoyillarini bilish.
⇒ Kompyuter savodxonligi:
• MS Office dasturlarida hujjatlar, hisob-kitoblar va hisobotlar tayyorlash;
• MS Excel bilan professional darajada ishlash;
• SAP ERP / SAP S/4HANA tizimlarida ishlash tajribasi
► Shaxsiy fazilatlar:
• Mas’uliyatlilik va halollik;
• Tashkilotchilik va jamoani boshqarish qobiliyati;
• Tizimli va analitik fikrlash;
• Samarali ishbilarmonlik muloqoti;
• Manfaatdor tomonlar bilan samarali ishlash qobiliyati;
• Moslashuvchanlik va bir nechta vazifani parallel bajarish;
• Muammolarni tezkor tahlil qilish va yechim topish qobiliyati;
• Stressga chidamlilik va murakkab vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Onlayn rezyume
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz
✅ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati