2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 14.11.2026
  • 21

BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi loyiha menedjeri lavozimi. (Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) yo‘nalishi bo‘yicha).

❗️ TALABLAR: Energetika, elektroenergetika, raqamlashtirish yoki elektr ta’minoti yo‘nalishida oliy ma’lumot (kamida bakalavr darajasi),
•elektr energetikasi tizimi va boshqa sohalarni raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar (SCADA, telekommunikatsiya, optik tolali aloqa) bo‘yicha ish tajribasi;
• Elektr tarmoqlari, podstansiyalar va sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimlarida ish tajribasi;
• Podstansiyalarni qurish va modernizatsiya qilish, loyihalash, uskunalar yetkazib berish va qurilish (EPC) loyihalarini texnik jihatdan muvofiqlashtirish tajribasi;
• Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarda buyurtmachi, xorijiy maslahatchilar va pudratchilar bilan ishlash tajribasi;
• Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini nazorat qilish, uskunalarni sinovdan o‘tkazish va foydalanishga topshirish tajribasi.

Tajriba: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi ega bo‘lishi.

Kasbiy ko‘nikmalar:
• SCADA/EMS/DMS tizimlari va dispetcherlik boshqaruvi sohasida bilim.
• Energetika ob’ektlarida SCADA tizimini joriy qilish va integratsiyalashni boshqarish.
• Loyihalarni rejalashtirish, muddat, budjet va risklarni boshqarish.
• Pudratchi va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
• Texnik hujjatlar, spesifikatsiyalar va shartnoma talablarini nazorat qilish.
• SCADA tizimlarida axborot xavfsizligi va zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim.

► Kompyuter savodxonligi:
• MS Office dasturlarida hujjatlar, hisob-kitoblar va hisobotlar tayyorlash;
• AutoCAD dasturida texnik chizmalar bilan ishlash;
• SAP ERP / SAP R/3 hamda «Energomera» dasturiy ta’minoti bilan ishlash tajribasi.
 
► Shaxsiy fazilatlar:
· Mas’uliyatlilik va halollik;
· Tashkilotchilik va jamoani boshqarish qobiliyati;
· Kasbiy bilimlarni doimiy rivojlantirishga intilish;
· Samarali ishbilarmonlik muloqoti;
· Moslashuvchanlik va bir nechta vazifani parallel bajarish;
· Stressga chidamlilik va murakkab vaziyatlarda tezkor harakat qilish.
 
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.
♦ Onlayn rezyume

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz



✅ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati